Asbestosement mahsulotlari haqida

Taxtalangan tomyopma buyumlar. Bularga oddiy profildagi BO asbestosement to'lqinsimon taxtalar (GOST 378-76). Ular kundalang oltitulkinli profilga ega. Asosiy o'lchamlari, mm: uzunligi 1200; eni 686; kalinligi 5,5; to'lkin kadami 115; O'rta profilli SV asbestosement tulkinsimon taxtalari (GOST 20430-75). Bular ko'ndalang sakkizto'lqinli profilga ega. Asosiy o'lchamlari, mm: uzunligi 1750; 2000; 2500; eni 1130; qalinligi 5,8-6; to'lkin qadami 150; unifikatsiyalangan profilli UV-: asbosement to'lqinsimon taxtalari (GOST 16233-77). Ularning profili ko'ndalang oltito'lkinli. Asosiy o'lchamlari; mm: uzunligi 1750; 2000 devorbop panellar uchun, kengligi 1125, kalinligi 6 va 7,5; to'lqin qadami 200. Konstruktsion taxtalar. Bu sinfga taxtalangan buyumlarning inshootlarda devorbop yoki tomyopma panellar sifatida qo'llaniluvchi yoki ulardan quyidagi turli-tuman panellar tayyorlanuvchi turlari kiradi: tekis asbosement listlari (GOST 18124-75). Bunday taxtalangan buyumlar 3600x1500 dan 1200x1500 mm gacha yirik o'lchamli, xamda 1200x800 mm kichik ulchamli bo'lishi mumkin. Taxtalar kalinligi 6,8 va 10 mm. Taxtalar presslangan tarzda (xom paytida gidravlik presslarda presslangan) xamda presslanmagan tarzda ishlab chiqariladi. Ular fizik-texnik ko'rsatkichlari bilan farqlanadi; UV-7,5 va SV taxtalangan buyumlar va uzunligi 2000 mm va bundan ortik bo'lgan taxtalar bino va inshootlarning devor-to'siqlari uchun qo'llanilishi mumkin. 2000 mm uzunlikdagi taxtalar rigel qadami 2,4 m bulgan devor-tusiqlar sifatida qo'llanilishi maqsadga muvofiqdir. Sovuqdan muxofaza qiluvchi tomlar uchun issiq tutuvchi (mineral taxta) qullanilgan asbestosement taxtalar ishlab chiqariladi. Qoplovchi plitalar devorlarni ichki va tashki tomondan qoplash uchun mo'ljallangan. Ular presslangan va presslanmagan tarzda 1600x1200 dan 600x300 mm gacha o'lchamda tayyorlanadi. Ularning qalinligi 4, 6, 8 va 10 mm bo'ladi. Ushbu plitalarga maxsus 21-24-76- 76 texnik shartlar mavjud. Plitalarning yuz qismining rangi va ishlanish tarzi etalonlarga muvofiq bo'lishi lozim. Elektr yoyiga chidamli elektrotexnik taxtalar (GOST 4248-68). Bular yuqori xarorat va elektr yoyiga uchraydigan elektr mashinalari va apparatlarining detallarini yasash uchun shuningdek elektr apparatlarning panellari, shitlari va asoslarini yasash uchun qo'llaniladi. Bunday asbestosement taxtalarining kalinligi 6 dan 40 mm gacha bo'lishi mumkin. Qo'llanish maqsadlariga ko'ra taxtalar frezalash orqali ishlangan yoki ishlov berilmagan tarzda chiqariladi. Butlovchi detallar - tomyopma taxtalarining turkumlarini ta`minlovchi buyumlardir. Ular tomlarning tutashish joylarini jigyuzlash uchun va ularning ustida turuvchi quvurlar, shovqindan ximoyalovchi darchalar va x.k. uchun mo'ljallanadi. Yuqorida sanab o'tilgan taxtalangan buyumlar odatiy kulrang rangda yoki ranglangan, ko'rinishda chiqariladi, shuningdek ular oq va rangli sementlar asosida tayyorlanishi mumkin. Asbestosement quvurlar bosimli va bosimsiz turlarda ishlab chiqariladi. Bosimli quvurlardan (GOST 539-73) suyuqlik va gazsimon moddalarni bir joydan ikkinchi joyga etkazish uchun quvur o'tkazgichlar tayyorlanadi. Quvurlarning devorining qalinligi va mustaxkamligiga ko'ra ular uch sinfga bo'linadi va VT6, VT9 va VT12 tarzida belgilanadi (xarflardan keyin qo'yilgan raqamlar maksimal bosimni ifodalaydi (at. kgs/sm2). 1978 yilda Tpalliy sanoatda VT15 sinfidagi quvurlar ishlab chikarish o'zlashtirildi. Bosimli quvurlar 100 dan 500 mm gacha diametrli va 3 dan 6 m gacha uzunlikda chiqariladi. SAM turidagi (o'z-o'zidan mustakamlanuvchi asbestosement muftasi) ulovchi muftalar asbestosementdan yoki cho'yandan flantsli tarzda tayyorlanadi. Muftali ulanmalarni zichlashtirish uchun rezina xalqalar qo'llaniladi. Bosimsiz quvurlardan (meliorativ tizimlarning suv ko'chirgan kollektorlari uchun telefon va telegraf kabellari va x.k. yotkizish uchun) bosimsiz quvur o'tkazgichlar jixozlanadi. GOST 1839-72 texnik xujjati bosimsiz quvurlarning 100 dan 400 mm gacha diametrli turlarini cheklasa ham, maxalliy asbestosement sanoati asosan 100 mm diametrli quvurlarni ishlab chiqaradi. Bosimsiz quvurlar ishlab chiqarish 1hajmi 15% miqdorni tashkil etadi. Asbestosement quvurlarining eng samarali tarzda qo'llanilishi ulardan bosimli magistrallar qurishda foydalanilishidir. Bosimsiz quvurlar keyinchalik tannarxi ancha arzon bo'lgan plastmassa, pekotolali va shu kabi quvurlar bilan almashtiriladi. Asbestosement buyumlarining yuqorida ko'rsatilgan asosiy turlaridan tashqari maxsus buyurtmalar bo'yicha xam buyumlar yasaladi. Bular - balkon to'siqlari uchun yasamalar metropoliten stantsiyalarining arkalarini bezash uchun shakldor detallar, (guldonlar va ko'zalar) ventilyatsiya qutilari va xokazo. Shuni ta`kidlash joizki, asbosement nixoyatda istiqbolli material bo'lib, uning qo'llanish soxasi borgan sayin kengayib bormoqda.

Foto Galereya

Foydali saytlar

  • www.gov.uz O'zbekiston Respublikasi hukumat portali
  • www.lex.uz O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari milliy bazasi
  • www.uzex.uz O'zbekiston Respublikasi tovar hom-ashyo birjasi
  • www.kun.uz Kun yangiliklari

Biz bilan bog'laning

Asbestosement mahsulotlari va tom qismi uchun keramik cherepitsalar ishlab chiqaruvchi Ohangaronshifer aksiyadorlik jamiyati.

Manzil: Toshkent vil. Ohangaron sh. Sanoat hududi.
Telefon: 0370-645-39-99
Fax: 0370-645-39-96
E-mail: office_shifer@mail.ru